Koronavirusga qarshi amerika vaksinasi qariyb 95 foiz samara ko‘rsatdi

Salomatlik

image

Amerikaning Moderna kompaniya ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksina samaradorligi 94,5 foizni tashkil qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, preparatning uchinchi bosqich sinovlarida shunday natijaga erishilgan.

Kompaniya xabarida sinovlar samaradorlikni o‘rganish protokollarida ko‘rsatilgan statistik mezonlarga jaob berishi ta’kidlangan.

Joriy yilning 27 iyul kuni Moderna koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi bosqich sinovi boshlanganini ma’lum qilgandi. Unda 30 mingga yaqin ko‘ngilli ishtirok etgan. Bu sinov vaqtida vaksina bilan emlanish bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi.

Avvalroq, Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi 92 foiz, Germaniyaning BioNTech va Amerikaning Pfizer kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina 90 foiz samarali ekani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing