Konservatoriyaning to‘rt o‘qituvchi va bir talabasida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4 nafar professor-o‘qituvchilarida hamda 1 nafar talabada COVID-19 kasalligi aniqlandi. Ayni vaqtda bemorlar o‘z uylarida shifokorlar nazorati ostida davolanmoqdalar. Bu haqda Konservatoriya rektori Kamoliddin O‘rinboyev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Kasallik tarqalishini  oldini olish maqsadida o‘quv jarayonlari 2021 yil 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklda tashkil etiladi.

"O‘zDKda o‘quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo‘yicha zaruriy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, dars jarayonlari ZOOM videoaloqa dasturi orqali belgilangan dars jadvali asosida o‘tiladi", deygan rektor.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkentdagi Inha universiteti, Toshkent transport universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, Moliya instituti ehtiyot chorasi sifatida masofaviy ta’lim shakliga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing