“Kolya Qirg‘iz”ga aloqador yunon-rum kurashi federatsiyasi vitse-prezidenti qo‘lga olindi

Olam

image
Qamoqqa tushgani hatto AQSHni quvontirgan “Kolya Qirg‘iz” kim edi? north_east

Qamoqqa tushgani hatto AQSHni quvontirgan “Kolya Qirg‘iz” kim edi?

Qirg‘iziston yunon-rum kurashi federatsiyasi vitse-prezidenti Ahror Iminov uyushgan jinoiy guruhni moliyalashtirganlikda gumonlanib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

“Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Jinoyat kodeksining (uyushgan guruh tuzish yoki unda ishtirok etish) moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish jarayonida Qamchibek Asanbek uyushgan jinoiy guruhining ayrim a’zolarini moliyalashtirishda ayblanib, yunon-rum kurashi federatsiyasi vitse-prezidenti hibsga olindi”, deyiladi xabarda. 

Bildirilishicha, Iminov bir qator kompaniyalarning yuklarni tashish va logistika faoliyati bilan shug‘ullangan, shuningdek, tashkilot a’zolarining umumiy fondi uchun o‘lpon yig‘ishda ishtirok etgan. 

“Tegishli chora-tadbirlar natijalariga ko‘ra, gumonlanuvchi Bishkek shahar ichki ishlar boshqarmasining vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni qirg‘izistonlik kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek) Bishkekda qo‘lga olinayotganda mamlakat Milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev To‘qmoq shahrida qo‘mitaning yangi binosi ochilishida qatnashib, jinoyatchilarga qarata “bittasi bosh ko‘tarsa, o‘sha boshni chopishi”ni aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Qamchibek Ko'lboev Kolya Qirg'iz Ahror Iminov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing