Kolomboda hibsga olingan Rossiya samolyoti ozod qilindi – OAV

Olam

image

Bugun, 6 iyun kuni Kolombo sudi “Aeroflot” aviakompaniyasiga tegishli Airbus A330 samolyotining Shri-Lankadan chiqib ketishini taqiqlovchi sud hukmini bekor qildi. Bu haqda “Newsfirst” axborot portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, hukm Kolombo Oliy xo‘jalik sudi Bosh prokuror tomonidan berilgan arizani ko‘rib chiqqandan keyin bekor qilingan. Taqiq esa olib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kolomboda Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasiga tegishli Airbus A330 samolyoti Shri-Lankadan chiqib ketishi taqiqlangan edi. Lizing kompaniyasi talabiga ko‘ra, havo kemasi hibsga olingandi. 

Samolyotni hibsga olishni bekor qilish bo‘yicha sud majlisi joriy yilning 8 iyuniga belgilangandi. Bekor qilingan reysning 200 ga yaqin yo‘lovchisi esa mehmonxonaga joylashtirilgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 19 may kuni Buyuk Britaniya Rossiyaning “Aeroflot”, “Rossiya” va “Ural aviaqatnovi” aviakompaniyalarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aeroflot samolyoti

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing