Kiyev osmonida 20 ta raketa urib tushirildi

Olam

image

Bugun, 6 iyunga o‘tar kechasi Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya qo‘shinlari Kiyevga uchirgan 20 ta nishonni yo‘q qildi. Bu haqda Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Rossiya tomoni X-101/555 tipidagi qanotli raketalar bilan hujum qilgan. Uchirishlar an’anaviy tarzda – Kaspiy dengizi mintaqasidan Tu-95MS strategik bombardimonchi samolyotlaridan amalga oshirilgan. 

“Poytaxt atrofidagi havo hujumidan mudofaa kuchlari va vositalari tomonidan dushmanning 20 dan ortiq havo nishonlari aniqlangan va yo‘q qilindi! Hammasi otib tashlandi. Bizning havo mudofaamiz jangchilari haqiqiy qahramonlardir!”, deydi Sergey Popko. 

Unga ko‘ra, Kiyevning Desnyanskiy tumanida raketa bo‘laklarining qulashi oqibatida yo‘l qoplamasi, elektr uzatish liniyalari shikastlangan, do‘kon oynalari qisman singan. Hozircha qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Rossiya rasmiylari yoki davlat matbuoti esa bu xabarlarni tasdiqlamayapti.

Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni Ukraina Rossiya tomonidan amalga oshirilgan tungi hujumlarda Eronda ishlab chiqarilgan 36 ta dronning barchasini urib tushirganini e’lon qilgandi. 26 mayda esa Kiyev Rossiya tomonidan uchirilgan 10 ta raketa va 20 dan ortiq uchuvchisiz samolyotlarni urib tushirganini ma’lum qildi. 27 may kuni Rossiya kuchlari Britaniya tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan ikkita uzoq masofali “Storm Shadow” qanotli raketalarini tutib oldi. 28 mayda esa Rossiya qo‘shinlari Eronning 54 ta Shahed-136/131 uchuvchisiz samolyotlari bilan shimoliy yo‘nalishda – Bryansk viloyati va janubiy yo‘nalishda – Krasnodar o‘lkasidan Ukrainaga hujum qildi. 1 iyunga o‘tar kechasi Rossiya Qurolli Kuchlari Kiyev shahriga o‘nta “Iskander” raketasini uchirdi. Ularning barchasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made