Ukraina klubi futbolçisiga Rossiyaga qarşi öynaşini taqiqladi
Sport
−
19:21 499 1 daqiqa
Ukrainaning “Polese” klubi yarim himoyaçisi Andrusso Arauxoni joriy yilning 17 noyabr kuni Krasnodarda bölib ötadigan Venesuela va Rossiya terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvida iştirok etişdan çetlaştirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Futbolçining milliy terma jamoa ixtiyorida bölişini taşkil etiş va uning keyingi safar rejasi Rossiyaga har qanday safarni yoki Rossiya terma jamoasi bilan öyin bilan boğliq tadbirlarda iştirok etişni istisno qilişi kerak”, deyiladi “Polese” bayonotida.
Venesuela futbol federatsiyasi Arauxoni joriy yilning noyabr oyidagi ikkita uçraşuv uçun terma jamoaga çaqirgan. Birinçi bahs 14 noyabr kuni Bilbaoda Basklar mamlakati terma jamoasiga qarşi, ikkinçisi esa 17 noyabr kuni Krasnodarda Rossiyaga qarşi ötkaziladi.
Şu bilan birga, Ukraina klubi futbolçining Ispaniyadagi uçraşuvda iştirok etişiga qarşilik bildirmayapti.
Eslatib ötamiz, Rossiya terma jamoasi noyabr oyida ikkita örtoqlik uçraşuvi ötkazişni rejalaştirgan. Venesuela bilan bahsdan taşqari, rossiyaliklar joriy yilning 12 noyabr kuni Toşkentda Özbekiston terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.
Live
Barchasi