Xitoy BAA bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi

Olam

image

Xitoy xalq-ozodlik armiyasi va Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) harbiy-havo kuchlari avgust oyida ilk bor qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. 

Aytilishicha, shu maqsadda Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni tanlangan. Harbiy tayyorgarlik mashqlari joriy yil uchun ikki tomonlama armiyalararo hamkorlik rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. 

“Bu Xitoy-BAA harbiy-havo kuchlarining birinchi mashg‘ulotlari bo‘lib, u ikki davlat qurolli kuchlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan”, deyiladi rasmiy xabarda.

Vazirlikka ko‘ra, bunday tadbirlar o‘zaro ishonchni mustahkamlashga hissa qo‘shadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-23 iyul kunlari Yapon dengizida Rossiya-Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining “Shimol/O‘zaro hamkorlik-2023” qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, yaqin kunlarda shu ikki davlatning harbiy-dengiz kuchlari Tinch okeanining g‘arbiy va shimoliy qismlarida birgalikda patrul xizmatini o‘tkazishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy BAA qo'shma harbiy mashg'ulot Shinjon-Uyg'ur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing