Xakerlar Putin ma’muriyatining telefon ma’lumotlar bazasini buzdi
Olam
−
28 fevral 2022
15913Ukraina kiberqo‘shinlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma’muriyatining aloqalar ma’lumotlar bazasiga buzib kirishdi. Kreml xodimlarining telefon raqamlari jamoat mulki bo‘lib chiqdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Vadim Denisenko ma’lum qildi.
“Kiberqo‘shinlar bilan birgalikda biz Kreml veb-saytini buzib tashladik va endi bizda Kremlning ma’muriyat rahbarlaridan tortib ularning jurnalistlari, jamoat tashkilotlari va hayron qolasiz, folbinlargacha telefon raqamlari bor. Kremlning telefon bazasida Kreml bezorilarining alohida qismi ham mavjud”, dedi u.
Denisenko Ukraina fuqarolarini axborot kompaniyasiga a’zo bo‘lishga va telefon orqali ruslarga “hujum” qilishga chaqirgan.
“Besh daqiqa bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa, Telegram @gov_rf_bot’ga kiring. Unda Rossiya Federatsiyasining barcha telefonlari joylashtirilgan. Birovga qo‘ng‘iroq qiling, xohlaganingizni ayting, lekin uni yozib oling va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiring. Bu ajoyib dalillar bazasi bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina kiberpolitsiyasi Rossiya saytlarini bloklagan edi. Buzilgan saytlar orasida media resurslari, davlat xizmatlari sayti, Mudofaa vazirligi, Davlat dumasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Kreml bor.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.
Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.
Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
LiveBarchasi