Kaxovka GESi butunlay vayron bo‘ldi va uni qayta tiklash imkonsiz –“Ukrgidroenergo”

Olam

image

Ukrainaning “Ukrgidroenergo” kompaniyasi Kaxovka GESi ichkaridan sodir bo‘lgan portlash oqibatida buzilganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya bayonotida aytildi.

“Dvigatel xonasining ichkaridan portlashi oqibatida Kaxovka GESi butunlay vayron bo‘ldi. Stansiyani qayta tiklashning iloji yo‘q”, deyiladi Ukrgidroenergo bayonotida.

Ma’lumot uchun, Kaxovka GESi muhim energetika va ekologik vazifalarni bajarib, Ukrainaning janubiy va markaziy hududlari aholisini suv bilan ta’minlagan. Stansiyaning vayron qilinishi ekologik muammolarni ham keltirib chiqishi kutilmoqda. Chunki turbinalar va transformatorlardagi 450 tonnadan ortiq mashina moyi ham suvga oqib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 iyun kuni Ukrainaning Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi to‘g‘oni portlatib yuborilgandi. Kiyev va Moskva bir-birini to‘g‘onni portlatganlikda va Ukraina janubida keng ko‘lamli suv toshqiniga sabab bo‘lganlikda aybladi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashini chaqirtirdi.  Kengash to‘g‘on portlatilishi yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina to'g'on Kaxovka GESi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made