Qur’onning yoqilishi davlatlar o‘rtasiga nizo soladi – BMT Oliy komissari

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk Qur’onni yoqish harakatlari davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishini aytdi.

“Qur’onning jirkanch tarzda yoqib yuborilishiga o‘xshash qasddan uyushtirilgan provokatsiyalar mamlakatlar va jamoalar o‘rtasiga nizo solishga mo‘ljallangan”, dedi u Ispaniya Tashqi ishlar vazirligida o‘tkazilgan tadbirda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyun kuni Shvetsiyada politsiyaning ruxsati bilan aksiya o‘tkazilgan va unda Iroqdan kelgan 37 yoshli muhojir Salvan Momika Qur’on sahifalarini yirtib tashlab, uni yoqib yuborgandi.

Bu harakat ko‘pchilik tomonidan, xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham  qoralandi.

Salvan Momika esa 20 iyul kuni yana Stokgolm politsiyasining ruxsati bilan Iroq elchixonasi yaqinida aksiya o‘tkazdi va musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’on nusxasini tepdi.  

Keyinchalik Daniya poytaxti Kopengagendagi Iroq elchixonasi oldida ham o‘ta millatchi “Daniyalik vatanparvarlar” guruhi vakillari miting o‘tkazib, Qur’on kitobini yoqib yubordi.

Shundan so‘ng, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham Qur’on tahqirlanishini qoraladi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi esa Shvetsiya va Daniyada Qur’onni tahqirlash bilan bog‘liq harakatlarni dunyo musulmonlari uchun haqoratomuz, deb atadi.

Ushbu voqealar fonida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi “Nafrat so‘zlariga qarshi kurashish kontekstida dinlararo va madaniyatlararo muloqot va bag‘rikenglikni qo‘llab-quvvatlash” rezolyutsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Qur'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing