Qur’oni Karimni yoqib yuborgan Salvan Momika Norvegiyada o‘lik holda topilgani aytilmoqda
Olam
−
02 aprel
59108Shvetsiyada Qur’oni Karimni bir necha bor yoqib yuborgan iroqlik qochqin Salvan Momika Norvegiyada o‘lik holda topildi. Bu haqda bugun, 2 aprel kuni "The Economic Times" nashri xabar berdi.
Biroq, bu aprel hazili bo‘lishi mumkin. Chunki haligacha Momikaning o‘limi bo‘yicha rasmiy manbalarda xabar e’lon qilinmadi. Shunga qaramay, uning o‘limi to‘g‘risidagi tasdiqlanmagan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishda davom etmoqda.
Vikipediya esa Momikani "ko‘mib", bir zumda "qayta tiriltirishga" ham ulgurdi.
Momikaning Islom diniga nisbatan qilgan xatti-harakatlari butun dunyoda g‘azabga sabab bo‘lgan va o‘z navbatida Shvetsiyaning NATOga kirishi kechikishiga ham olib kelgandi. Hozircha Momikaning o‘limi sababi rasmiy doiralar tomonidan e’lon qilinmagan.
Iroqlik qochqin va islomofob Salvan Sabah Matti Momika avvalroq Shvetsiyaning deportatsiya qilish haqidagi buyrug‘i ortidan Norvegiyadan boshpana so‘ragani haqida xabar bergan edik. U mamlakatni tark etishiga Shvetsiya rasmiylari tomonidan ta’qib qilinayotganini pesh qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 28 iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm markazidagi Medbor’yarplatsen maydonida muqaddas Qur’oni Karimning Salvan Momika tomonidan yoqib yuborilishi ortidan AQSH, Yevropa Ittifoqi, Rim papasi, Shavkat Mirziyoyev va yana qator rasmiylar bu holatni keskin qoralab chiqqan edi. Iroq hukumati Shvetsiya hukumatidan Qur’onni ommaviy ravishda yoqib yuborgan iroqlik muhojirni ekstraditsiya qilishni talab qildi.
LiveBarchasi