Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik uyidan o‘lik holda topildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatiga turmushga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda topildi. Bu haqda “Millar” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, marhuma 1994 yilda tug‘ilgan. U 2 yil avval Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumaniga uzatilgan. 

Marhumaning onasiga ko‘ra, qizining oilasida homiladorlik vaqtidan buyon kichik janjallar bo‘lib turgan. Uning jasadi o‘z uyiga qaytarilgach, hech qanday ekspertiza xulosasi taqdim etilmagan. Marhumaning tanasidan ko‘karish izlari topilgan. 

Bosh prokuraturaga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zgatilgan hamda hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida erkak janjal oqibatida turmush o‘rtog‘ini yo‘lning o‘rtasida qasddan o‘ldirib, keyin qochib ketgani haqida xabar berilgandi. Olib borilgan tadbirlar jarayonida gumonlanuvchi A.D. Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Ko‘makay mahallasi hududida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand o'lik o'zini o'zi o'ldirish darajasiga etkazish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing