Andijonda er ayolini yo‘l o‘rtasida vahshiylarcha o‘ldirib ketdi
3-sahifa
−
04 iyul 27447 1 daqiqa
Andijon viloyatining Andijon shahrida erkak janjal oqibatida turmush o‘rtog‘ini yo‘lning o‘rtasida qasddan o‘ldirib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qotlillikka qo‘l urgan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda hozirda gumonlanuvchini qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ayolning qonga belangan holda yo‘lda jasadi yotganini ko‘rish mumkin.
Ba’zi bir manbalarga ko‘ra, voqea Andijon shahrining 3-mikrorayonida sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 71 yoshli ayol o‘z uyida pichoqlab o‘ldirib ketilgandi.
Live
Barchasi