Qrimdagi harbiy aerodrom yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi 

Olam

image

Bugun, 2 avgust kuni Qrimning bir qancha hududlarida portlash ovozlari eshitildi. Bu haqda "Krimskiy veter" Telegram-kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Simferopol tumani va harbiy aerodrom joylashgan Novofedorovka qishlog‘i aholisi baland tovushlarni eshitgan. Bu vaqtda Kerch ko‘prigida harakat yarim soat to‘xtagan. 

"Simferopol tumani Gvardeyskoye qishlog‘ida juda kuchli portlash sodir bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Nashr insayderlariga ko‘ra, ushbu portlashni sodir etganlarga qo‘poruvchilik fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Ozodlik” radiosiga ko‘ra, aynan shu qishloqda Gvardeyskoye aviabazasi joylashgan. Hozirda aerodrom Rossiya aerokosmik kuchlariga bo‘ysunadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyul kuni ertalab anneksiya qilingan Qrimda joylashgan o‘q-dori omboriga zarba berilgandi. Bundan tashqari, 17 iyul kuni Qrim ko‘prigining bir qismi, 19 iyul kuni esa harbiy poligon portlatilgandi. Shundan so‘ng, Kreml javob choralari tayyorlanayotganini e’lon qildi. 18 iyul kuni Ukraina infratuzilmasiga berilgan zarbadan so‘ng Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu Qrim ko‘prigiga qilingan hujum uchun javob ekanligini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Qrim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing