Qrim ko‘prigida portlashlar sodir bo‘ldi – OAV

Olam

image

Bugun, 17 iyulga o‘tar kechasi Qrim ko‘prigida portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqda “Baza” Telegram kanaliga asoslanib, “RBK-Ukraina” xabar berdi.

Rossiya matbuoti portlash oqibatida kamida 2 kishi halok bo‘lganini xabar qilgan. Qrim rahbarining maslahatchisi Oleg Kryuchkovning aytishicha, yarimorolning hukumati Qrim ko‘prigida harakat to‘xtatilishi munosabati bilan sayyohlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatadi.

Kryuchkovga ko‘ra, Qrim ko‘prigidagi favqulodda holat munosabati bilan quruqlikdagi yo‘nalish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Qrim va Kuban o‘rtasidagi parom qatnovi ishi to‘xtatilgan.

Favqulodda holat sabab Krasnodar o‘lkasidagi Qrim ko‘prigiga kiraverishda ko‘p kilometrlik tirbandlik yuzaga kelgan bo‘lib, 1000 dan ortiq avtomobil tirbandlikda qolib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Qrim ko'prigi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made