AQŞ harbiylari Ayovada 4,5 tonna zaharli moddani portlatib yubordi

Olam

−

visibility401 timer2 daqiqa

image

Bugun, 25 noyabr kuni Amerika harbiylari Ayova ştatidagi zavodda 4,5 tonna qörğoşin azidini nazorat ostida portlatiş jarayonini amalga oşirdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Naşrga köra, hududda kuçli portlaş ovozi eşitilgan, operatsiya ötkazilgan joy ustida ikkita oq tutun buluti paydo bölib, tezda tarqalib ketgan. Harbiylar jurnalistlar va boşqa kuzatuvçilarni portlatiş joyiga 6,4 kilometrdan yaqinroq masofaga yölatmayapti.

Qayd etilişiça, hukumatning uyda qoliş haqidagi ogohlantirişlariga qaramay, ayrim mahalliy aholi vakillari portlaşni tomoşa qiliş uçun köçalarga çiqqan.

Ma’lumot uçun, joriy yilning 20 noyabr kuni AQŞ armiyasi Middltaun şahridagi zavodda 68 boçka zaharli qörğoşin azidi moddasini boşqariladigan portlaşlar yöli bilan yöq qilişni rejasin e’lon qilgan. Biroq kimyoviy moddalarni portlatiş tufayli atrof-muhitga xavfli birikmalar tarqalişidan xavotir olgan ekofaollarning da’vo arizasidan söng sud uşbu rejani amalga oşirişga vaqtinçalik taqiq qöygan. Sud qaroriga qaramay, Adliya vazirligi 22 noyabr kuni armiya favqulodda vakolatlar asosida utilizatsiya işlarini ötkazişga haqli ekanini ma’lum qilgan. 

23 noyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp armiyaning rejasini qöllab-quvvatlagan, biroq apellyatsiya sudi ekofaollar da’vosi yuzasidan qaror qabul qilmaguniça va noyabr oyi boşida saylangan, ammo hali lavozimiga kirişmagan demokrat-gubernator Rob Send qörğoşin azidini utilizatsiya qilişni qöllab-quvvatlamaguniça harbiylarga ularni amalga oşirişga kirişmaslik haqida körsatma bergan. Apellyatsiya sudi 23 noyabr kuni keçqurun kimyoviy moddalarni portlatişni rejalaştirişda barça ekologik talablarga rioya etilgani haqida qaror çiqargan, Send esa AQŞ ma’muriyatining rejasiga qarşi emasligini bildirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing