Vetnamda restoran portlaşi oqibatida bino qulab, 3 kişi halok böldi (video)

Olam

−

visibility551 timer3 daqiqa

image

Bugun, 24 noyabr kuni Vetnam poytaxti Xanoy şahrida joylaşgan ovqatlaniş maskanida gaz portlaşi yuz berib, bino qulab tuşdi. Hodisa oqibatida uç kişi halok böldi, 10 dan ortiq kişi jarohatlandi. Bu haqda “VnExpress” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, portlaş 24 noyabr kuni ertalab soat 08:00 atrofida Dong Da tumanidagi Nguyen Van Tuyet köçasida joylaşgan, oçilişga tayyorlanayotgan xitoyça qozonda taom tayyorlanadigan restoranda sodir bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, portlaş restoranning gaz plitasi joylaşgan hududda yuz bergan. Kuçli portlaşdan söng taxminan 60 kvadrat metr maydonga ega bir qavatli bino butunlay qulab tuşgan.

Portlaş kuçi şunçalik yuqori bölganki, restorandan 10 metrdan uzoq masofaga vayronalar uçib ketgan. Köçaning qarama-qarşi tomonidagi ovqatlaniş maskani ham zarar körgan. Şuningdek, hodisa atrofidagi 10 ga yaqin uy va dökonlarning eşiklari, derazalari hamda tom qismlari şikastlangan.

Xanoy politsiyasining ma’lum qilişiça, dastlabki tekşiruvlarda portlaşga gaz sabab bölgani taxmin qilinmoqda. Portlaş oqibatida ikki kişi voqea joyida halok bölgan, yana bir kişi esa Dong Da umumiy şifoxonasida vafot etgan. Halok bölganlar orasida restoran egasi bölgan ayol ham bor.

Jarohatlanganlar Dong Da, Sent-Pol, Xanoy tibbiyot universiteti va Vet-Duk şifoxonalariga yetkazilgan. Ulardan ayrimlarining ahvoli oğir bölgani sababli boşqa şifoxonalarga ötkazilgan. Bir nafar bemorda boş miya jarohati aniqlangan.

Portlaş vaqtida restoranda joriy yilning 26 noyabr kuni bölib ötişi rejalaştirilgan oçiliş marosimiga tayyorgarlik ketayotgan bölgan. Şu sababli bino içida yana odamlar qolib ketgan bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Qutqaruvçilar maxsus qurilmalar, gidravlik uskunalar va xizmat itlari yordamida vayronalar ostidan odamlarni qidirmoqda.

Hodisa oqibatida yaqin atrofdagi uç qavatli E4 turar joy binosiga ham zarar yetgan. Ayrim uylarning devorlari yorilgan, oynalari singan va tomlari qulab tuşgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan atrofdagi uylar aholisi vaqtinça boşqa joyga köçirilmoqda.

Xanoy rahbariyati voqea joyida qutqaruv işlarini taşkil etiş, jabrlanganlarga yordam körsatiş va portlaş sabablarini aniqlaş böyiça topşiriqlar bergan. Şahar hokimi Vu Day Txang xavfli hududdagi aholini köçiriş va ularni vaqtinça turar joy bilan ta’minlaş çoralarini körişni buyurgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Izmir viloyati Aliağa tumanidagi metallurgiya zavodida portlaş yuz berib, 17 kişi halok bölgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing