Qrim ko‘prigidagi portlashda sudya ham qurbon bo‘lgan
Olam
−
11 Oktabr 2022
8626Qrim ko‘prigidagi portlash qurbonlari soni to‘rt kishiga yetdi, ular orasida Moskva arbitraj sudi sudyasi Sergey Maslov ham bor. Bu haqda TASS ma’lum qildi.
“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni to‘rt kishiga yetgan. Ular orasida Moskva arbitraj sudi sudyasi Sergey Vladimirovich Maslov ham bor”, deydi manba.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning jasadlarini aniqlash ishlari hamon davom etmoqda.
To‘rttasi ham portlash epitsentrida bo‘lgan yengil avtomobilda bo‘lgan. Avvalroq uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Qrim ko‘prigida portlash
Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr kuni Qrim ko‘prigida portlash yuz berdi va natijada poyezdagi sisternalarda yong‘in chiqdi. Rossiya huquq-tartibot idoralari ko‘prikda yuk mashinasi portlatilganini ma’lum qildi. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoiy ish ochdi.
Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak hodisaga munosabat bildirib, bu boshlanishi ekanini, noqonuniy qurilgan barcha narsa yo‘q qilinishini ta’kidladi.
Prezident Vladimir Putin buyrug‘i bilan hodisani o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzildi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Qrim ko‘prigi Rossiyadagi eng uzun ko‘prik bo‘lib, uning uzunligi 19 kilometrni tashkil qiladi. Avtomobil qismi 2018 yil may oyida foydalanishga topshirilgan. 2019 yil dekabr oyida esa uning temir yo‘l qismi bo‘ylab birinchi poyezdlar harakatlangan.
LiveBarchasi