Qozog‘istondagi halokat qurbonlari soni 32 nafarga yetdi
Olam
−
28 Oktabr 2023
6735Kostenko konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 32 nafarga yetdi, 14 nafar konchini qidirish davom etmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
“ArselorMittal Temirtau” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Kostenko konida avariya-qutqaruv ishlariga “Professional harbiylashtirilgan avariya-qutqaruv xizmatlari” MCHJ Respublika markaziy shtabining Qarag‘anda filiali kon qutqaruvchilari jalb etilgan.
“Gaz holati kuzatilmoqda, namunalar olinib, jasadlar olib chiqilmoqda. Ba’zi nuqtalarda uglerod oksidining ruxsat etilgan konsentratsiyasi oshib ketadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 oktyabr kuni ertalab Qozog‘istondagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi. Mamlakat Bosh prokuraturasiga ko‘ra, hokimiyat tomonidan kon yoki qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi) moddasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlangan.
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kondagi portlashdan so‘ng, “ArselorMittal Temirtau” bilan investitsiyaviy hamkorlikni to‘xtatishni buyurgan. Davlat rahbari 29 oktyabrni halokat qurbonlari xotirasiga umumxalq motam kuni deb e’lon qildi.
LiveBarchasi