Qoraqalpog‘istonda stansiyada turgan vagon yonib ketdi
3-sahifa
−
04 avgust 2021
4377Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonda stansiyada turgan vagon yonib ketgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun 4 avgust kuni soat 13:29 da Qoraqalpog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qorao‘zak tumani “Qorao‘zak” stansiyasida turgan vagonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Unga asosan 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:30 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:40 da o‘rab olinib, 14:58 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha 3 avgust kuni Samarqand viloyatida Captiva rusumli avtomobil yonib ketdi. Qolaversa, joriy yilning iyul oyida ham yuqoridagiga o‘xshash bir necha holatlar kuzatildi.
Jumladan, Toshkentning Olmazor tumanida ichida 8 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “GAZel” yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in avj olishidan avval “GAZel”dagi yo‘lovchilar zudlik bilan tushirilgan. Shuningdek, “Qamchiq” dovonida Nexia rusumli avtomobil yonib ketdi. Ushbu avtomobilda ham yo‘lovchilar bo‘lgan. Ular o‘z vaqtida avtomobil salonini tark etgan.
LiveBarchasi