Qorabog‘ to‘qnashuvi: Ozarbayjon va Armaniston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

Olam

image

Avvalroq, Moskvada Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya o‘rtasida Tog‘ri Qorabog‘da harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokara o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Uch tomonlama muzokara natijasida o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatishga kelishildi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning murojaati javoban va Prezident Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra quyidagilar qadamlar qabul qilindi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Jumladan:

1. Harbiy asirlarni va ushlab turilgan boshqa shaxslarni hamda halok bo‘lganlarning jasadlarini almashtirish va Xalqaro qizil xoch mezonlariga muvofiq gumanitar maqsadlarda 2020 yil 10 oktyabr soat 12:00dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinadi;

2. O‘t ochishni to‘xtatish tartibining o‘ziga xos parametrlari qo‘shimcha ravishda kelishiladi;

3. Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi YeXHT Minsk guruhi hamraislari vositachiligida, kelishuvning asosiy tamoyillari asosida, iloji boricha tezroq tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish maqsadida muzokaralarni boshlaydi;

4. Tomonlar muzokara jarayoni shaklining o‘zgarmasligini tasdiqlaydilar.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keskinlik avj olgandan keyin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgan edi. Prezident Vladimir Putin esa Nikol Pashinyan bilan muloqot qilib, masalani tinch yo‘l bilan hal etishni tavsiya qildi. Bu orada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev asosiy kuch va dastakni Turkiya Respublikasidan olayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar va Erdo‘g‘an turk xalqi va davlati Ozarbayjonni bor imkoniyati bilan qo‘llab-quvvatlashini eslatdi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasidagi vaziyat ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liq. Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhining hamraisi. 1 oktyabr kuni guruh hamraislari – AQSH, Rossiya va Fransiya Tog‘li Qorabog‘ masalasida qo‘shma bayonot e’lon qildilar


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

248

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing