Qorabog‘ to‘qnashuvi: Aliyev va Pashinyan Moskvada uchrashishga tayyorligini bildirdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga kelishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Tog‘li Qorabog‘ mojarosi faqatgina tinch yo‘l bilan yechimini topishi kerak, bu bizning pozitsiyamiz. Afsuski, Ozarbayjon bu fikrga qo‘shilmayapti. Men bunday natijaga erishish uchun barcha kerakli ishlarni qilishga tayyorman, jumladan, borib uchrashib, muzokara o‘tkazishga ham”, degan Armaniston Bosh vaziri nashrning Moskvaga kelib Aliyev bilan uchrashish haqidagi savoliga javoban.

Shu bilan birga Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ muammosi yechimi o‘zaro murosaga asoslanishi kerakligini ta’kidlamoqda.

“Agar boshqa tomon tayyor bo‘lmasa, biz xalqimiz va Tog‘li Qorabog‘dagi vatandoshlarimiz huquqi uchun oxirigacha kurashishga tayyormiz. O‘ylashimcha, Armniston Hukumati, Armaniston xalqi, arman diasporasining pozitsiyachi halol va konstruktiv pozitsiya”, degan Pashinyan.

Aliyev rasmiy Baku vakillari ham Moskvada Armaniston tomoni bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

“Biz qarama-qarshilikka barham berish va barqarorlashuv yo‘lini topish uchun Moskvada va boshqa istalgan joyda uchrashishga doim tayyormiz”, degan u.

Ozarbayjon rahbari Baku har qanday muloqotga tayyorligini bildirgan.

“Ayni holatda men bunday taklifnoma olmadim, shuning uchun bu savollar menga emas. Shaxsan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va ungacha Dmitriy Medvedev Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari bilan uch tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Ammo Armaniston Hukumati shartli “Soros” qo‘liga o‘tgach, muloqot to‘xtadi”, deya izoh bergan Aliyev.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keskinlik avj olgandan keyin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgan edi. Prezident Vladimir Putin esa Nikol Pashinyan bilan muloqot qilib, masalani tinch yo‘l bilan hal etishni tavsiya qildi. Bu orada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev asosiy kuch va dastakni Turkiya Respublikasidan olayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar va Erdo‘g‘an turk xalqi va davlati Ozarbayjonni bor imkoniyati bilan qo‘llab-quvvatlashini eslatdi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasidagi vaziyat ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liq. Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhining hamraisi. 1 oktyabr kuni guruh hamraislari – AQSH, Rossiya va Fransiya Tog‘li Qorabog‘ masalasida qo‘shma bayonot e’lon qildilar


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing