“Qonli urushga aylanib bo‘ldi”. Jahon chempioni qurol bilan Ukrainani himoya qilmoqchi 

Olam

image

Ukraina poytaxti Kiyev meri Vitaliy Klichko qo‘lida qurol bilan Ukrainani himoya qiladi. U tegishli bayonotni kecha, 25 fevral kuni ma’lum qildi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.  

“Bu qonli urushga aylanib bo‘ldi. Menda boshqa tanlov yo‘q. Men buni qilishim kerak. Men kurashaman”, degan Klichko “Good Morning Britain” tok-shousida. 

Avvalroq Kiyevning hududiy mudofaasiga qo‘shilgan Vladimir Klichko demokratiya va mamlakat suverenitetini himoya qilishini ta’kidlagan. 

“Hozir Putin harbiy ritorikadan foydalanmoqda, u Ukraina davlati va uning fuqarolari suverenitetini yo‘q qilmoqchi ekanini ochiq ko‘rsatmoqda. Bu so‘zlardan keyin o‘qlar va tanklar keladi. Biz halokat va o‘limni boshdan kechiramiz. Biz barcha vositalar bilan himoya qilamiz, erkinlik va demokratiya uchun kurashamiz”, degan Vladimir Klichko.

Ma’lumot o‘rnida, Vitaliy Klichko ukrainalik siyosatchi, Kiyev shahar davlat ma’muriyati rahbari (2014 yil 25 iyundan), sobiq professional bokschi. U turli versiyalarda boks bo‘yicha jahon chempioni. Vitaliy Klichko sportdagi faoliyatini 2013 yilda yakunlagan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing