Qodirov Makronga aytgan gaplari uchun lavozimidan ketishga tayyorligini bildirdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga uning payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) karikaturasi haqidagi bayonotidan keyin yo‘llagan murojaatiga izoh berdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Qodirov Makronga siyosatchidek emas, musulmon sifatida murojaat qilganini va so‘zlarini takrorlashi mumkinligini aytdi. U dinini sevuvchi va uning ko‘rsatmalariga qat’iy amal qiluvchi inson sifatida shunday huquqqa ega ekanini ta’kidladi.

“Bu pozitsiya uchun kerak bo‘lsa, lavozimimni tark etishga, zarar ko‘rish yoki jonimni berishga tayyorman. Ammo xudosizlarning dinni masxara qilishiga jim qarab turolmayman va bunday qilish niyatim ham yo‘q”, degan Qodirov avvagi murojaatiga izoh berib.

Joriy yilning 27 oktyabr kuni e’lon qilingan murojaatida Ramzan Qodirov Fransiya yetakchisining payg‘ambar karikaturasi haqidagi fikri uchun qoralagandi. U Makronni provokatsiyani qo‘llab-quvvatlashda aybladi va Fransiya Prezidenti “musulmonlarni jinoyat sodir etishga chaqirayotganini” qo‘shimcha qildi.

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qodirovning Makronga yo‘llagan murojaatiga munosabat bildirib, Checheniston rahbarining pozitsiyasi tashqi siyosatni belgilab bermasligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida tarix fani o‘qituvchining o‘ldirilishi ortidan yanada sovuqlashdi. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga buyuk payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini ko‘rsatadi. Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldiradi. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya qotilni otib tashlaydi. Ushbu voqea Makronning Islom olamiga qarshi bayonotlar bilan chiqishi va mamlakatda so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Turkiya va arab davlatlari fransuz mahsulotlariga boykot boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Ramzan Qodirov

Baholaganlar

2331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing