Makron iştirokidagi marosimda 2 nafar harbiy huşidan ketdi (video)

Olam

−

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini bilan uçraşuv oldidan ötkazilgan rasmiy kutib oliş marosimida noqulay vaziyatga duç keldi. Marosim vaqtida tantanali libosdagi ikki nafar harbiy birin-ketin huşidan ketib, yerga yiqildi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa keça, 11 noyabr kuni Parijdagi Yelisey saroyida yuz bergan. Makron slovakiyalik hamkasbini kutib olişga tayyorlanayotgan paytda safda turgan harbiylardan biri tösatdan muvozanatini yöqotib, qölidagi qiliçni tuşirib yuborgan va yerga yiqilgan. Hodisani payqagan Makron va saroy amaldorlari darhol askarning yoniga yugurgan. Askar yerdan kötarilib, marosimdan olib çiqib ketilgan.

Voqea aks etgan kadrlarda ham Makron va saroy vakillari harbiyga yordam beriş uçun şoşilganini köriş mumkin.

Fransiya matbuoti xabarlariga köra, voqea şu bilan tugamagan. Makron Slovakiya Prezidenti Pellegrini bilan salomlaşgandan söng, ikkinçi marosim harbiysi ham yerga yiqilgan. Uning yiqilgan lahzasi kameraga tuşmagan, biroq qiliçining yerga urilgan ovozi eşitilgan. Makron bu hodisaga ham e’tibor qaratgan.

Şundan keyin rasmiy kutib oliş marosimi davom ettirilgan. Makron esa Peter Pellegrini bilan uçraşuv ötkazgan.

Hozirça harbiylarning nima sababdan huşidan ketgani va soğliği qanday ekani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing