Qirg‘izistondagi namoyishlarda qariyb 700 kishi jarohatlandi, bir kishi qurbon bo‘ldi
Olam
−
06 Oktabr 2020
5674Bugun, 6 oktyabr kuni soat 15:00 holatiga ko‘ra, Bishkekdagi tartibsizliklarda jabrlanganlardan jami 686 kishi tibbiyot muassasalariga tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 521 nafar jabrlanganlar birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan keyin ambulator davolanishga yuborilgan. Turli jarohatlar bilan kelgan 164 jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 7 nafari reanimatsiyada. 2001 yilda tug‘ilgan yigit esa vafot etgan.
Bishkek Travmatologiya va Ortopediya ilmiy-tadqiqot markazi jami 313 jabrlanuvchini qabul qilgan, ularning 75 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan 3 nafar jonlantirish bo‘limida qolmoqda .
Milliy gospitalga 215 kishi murojaat qilgan bo‘lib, ulardan 58 nafari shifoxonaga yotqizildi kishi reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.
1-sonli shahar klinik shifoxonasi 30 nafar yaradorni qabul qildi, ulardan yetti nafari shifoxonaga yotqizildi.
113 kishi Chuy viloyat shifoxonasiga yotqizilgan, shulardan 102 nafari ambulator davolanishga yuborilgan, 11 kishi shifoxona olib qolingan.
15 nafar bemor Milliy jarrohlik markaziga murojaat qilgan. Ulardan ikki nafari ambulator sharoitda davolanishiga ruxsat berilgan, 13 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bishkekda norozilik namoyishini boshladi. Keyinroq namoyish tartibsizlikka aylanib ketdi.
Namoyishchilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylashgan. 6 oktyabr ertalab Hukumat binosi ham namoyishchilar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Shuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Bosh vazir Sapar Isakov ham qamoqdan chiqarildi. Ozod qilinganlar orasida Bishkek shahrining sobiq meri Albek Ibraimov ham bor.
LiveBarchasi