Qirg‘iziston parlamenti spikeri iste’fo berdi
Olam
−
06 Oktabr 2020
7585Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘u Kenesh spikeri Dastan Jumabekov iste’foga chiqdi. Bu haqda "Dostuk" mehmonxonasida bo‘lib o‘tayotgan Jo‘qorg‘u Keneshning navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb yozmoqda mahalliy OAV.
Ariza deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ayni vaqtda Bishkekdagi "Dostuk" mehmonxonasi yaqinida miting bo‘lib o‘tmoqda. Mingga yaqin namoyishchilar keksa odamlarning siyosatdan ketishini talab qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, oltinchi chaqiriq Jo‘qorg‘u Kenesh deputatlari deputatlari mehmonxonada navbatdan tashqari sessiya o‘tkazmoqdalar. Ammo kvorum to‘plashning imkoni bo‘lmagan. Ular Sadir Japarovni qo‘llab-quvvatlab, Bosh vazirlikka nomzodini ilgari surmoqda. Yana bir guruh xalq deputatlari Sadir Japarovning Bosh vazir etib tayinlanishiga qarshi.
Miting tashkilotchilari provokatsiyalarga berilmaslik va xotirjam bo‘lishni so‘rashmoqda. Namoyishchilar orasidan bir nechta vakillar deputatlarni ko‘rish uchun mehmonxonaga kirishdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bishkekda norozilik namoyishini boshladi. Keyinroq namoyish tartibsizlikka aylanib ketdi.
Namoyishchilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylashgan. 6 oktyabr ertalab Hukumat binosi ham namoyishchilar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Shuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Bosh vazir Sapar Isakov ham qamoqdan chiqarildi. Ozod qilinganlar orasida Bishkek shahrining sobiq meri Albek Ibraimov ham bor.
Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.
LiveBarchasi