Qirg‘iziston Bosh vaziri Kubatbek Boronov ham iste’foga chiqdi. Hukumat boshiga muxolifatchi keldi

Olam

image

Avvalroq, Qirg‘iziston Respublikasi parlamenti – Jo‘qorg‘u Kenesh spikeri Dastan Jumabekov iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edik. Jo‘qorg‘u Keneshning “Dostuk” mehmonxonasida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari yig‘ilishida deputatlar shunday qarorga kelgandi.

Mamlakatdagi beqaror vaziyat sabab mehmonxonada o‘tkazilayotgan parlament yig‘ilishida yana bir muhim qaror qabul qilindi. Qirg‘iziston Bosh vaziri Kubatbek Boronov ham iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. U mamlakat Prezdenti Sooronbay Jeenbekov nomiga ariza yozgan.

Boronov o‘rniga muxolifatchi Sadir Japarov Qirg‘izistonning yangi Bosh vaziri bo‘ldi. Shuningdek, Jo‘qorg‘u Keneshning spikeri etib muxolif "Bir bol" partiyasi vakili Miktibek Abdildayev saylandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bishkekda norozilik namoyishini boshladi. Keyinroq namoyish tartibsizlikka aylanib ketdi. 

Namoyishchilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylashgan. 6 oktyabr ertalab Hukumat binosi ham namoyishchilar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Shuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Bosh vazir Sapar Isakov ham qamoqdan chiqarildi. Ozod qilinganlar orasida Bishkek shahrining sobiq meri Albek Ibraimov ham bor

Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

Kubatbek Boronov Qirg'izistondagi vaziyat

Baholaganlar

402

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing