Qashqadaryolik 14 yashar bolaning opasi va ukasida ham koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image
Koronavirusdan kasallanish qachon kamayishi aytildi north_east

Koronavirusdan kasallanish qachon kamayishi aytildi

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar orasida 14 yashar bolakay borligi, u Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida istiqomat qilishi haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, uning 36 yoshli otasi va 16 yoshli opasi ham COVID-19 bilan zararlangani ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar 6 nafarni tashkil qilmoqda. Ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir darajada ekanligi aytilmoqda.

Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qilinishicha, yuqorida keltirilgan 14 yoshli bolaning 17 yoshli opasi va 8 yoshli ukasida ham koronavirus aniqlangan. Viloyatda qayt etilgan oltinchi bemor esa Chiroqchining boshqa qishlog‘ida yashaydigan, avval Toshkentdagi firmada ishlagan 56 yoshli fuqaro hisoblanadi.

Qayd etilishicha, viloyat hududida 4872 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 3338 nafari epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lmagan davlatlardan kelgan edi. Shulardan 125 nafarini chet el fuqarolar tashkil etadi.

Ushbu shaxslarning 2779 nafarida 14 kunlik tibbiy kuzatuv muddati tugallanib, sog‘lig‘i qoniqarli deb topilgan. Joriy yilning 4 aprel kuni maxsus muassasalardagi 437 nafar fuqaroning barchasi karantin tugaganligi sababli yashash manziliga jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 397 nafarga yetdi. Ularning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Koronavirus Karantin

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing