Qashqadaryoda koronavirusga chalingan bemorlarning holati ochiqlandi
Jamiyat
−
06 aprel 2020 24068 1 daqiqa
Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi 14 yashar o‘smirda koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, uning 36 yoshli otasi va 16 yoshli opasi ham COVID-19 bilan zararlangani ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda viloyatda koronavirus infeksiyasi 6 nafar shaxsda qayd etilgan. Bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir darajada. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlarga viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida tasdiqlangan standart asosida davo muolajalari olib borilmoqda.
Ta’kidlanishicha, keyingi ikki bemor ham dastlabki bemor bilan muloqotda bo‘lgan 17 yoshli opasi va 8 yoshli ukasi hisoblanadi. 56 yoshli oltinchi bemor esa Chiroqchining boshqa qishlog‘idan, u Toshkentdagi firmada ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi. Ularning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025