Koronavirusga chalingan 14 yashar bemorning butun bir qishlog‘i dezinfeksiya qilindi (video)
Jamiyat
−
01 aprel 2020
23854Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar orasida 14 yashar bolakay borligi, u Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida istiqomat qilishi haqida xabar bergan edik.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug askarlaridan tarkib topgan guruh virus yuqtirgan 14 yoshli bemor yashagan qishloqda to‘liq dizenfeksiyalash ishlarini olib bordi. Bu haqda Okrug matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda bemor Qarshi shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 173 nafarga yetdi. Ularning 8 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi