Sobiq prokuror Chiroqchiga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 4 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Bahodir Xudoyqulov Xudoyorovich yangi tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Sessiyada deputatlar Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Bahodir Xudoyqulov – 1985 yilda tug‘ilgan. U Samarqand davlat universiteti va Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan. Faoliyati davomida 2018-2024 yillarda Chiroqchi tumani prokurori vazifasida ham ishlagan.

Tayinlovga qadar u Shahrisabz tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 fevral kuni Jamshid Pardayev Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumaniga hokim etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chiroqchi Bahodir Xudoyqulov Xudoyorovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing