Qashqadaryoda o‘qituvchi va o‘quvchilar yer chopib, ariq tozalashga majbur qilindi (video)
3-sahifa
−
01 aprel
12688QALAMPIR.UZ’ga Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi 105-maktabdan kelgan murojaatga ko‘ra, o‘qituvchilar va o‘quvchilar maktab direktori tomonidan majburiy ravishda “Yashil makon” loyihasi asosida obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan.
“Agar ishdan bosh tortadigan bo‘lsak, ishdan bo‘shatish va oylikni kamaytirish bilan doimiy tahdid qilib kelinmoqda”, deydi murojaatchi.
Holat yuzasidan biz majburiy mehnatga qarshi kurashuvchi tizim hisoblanmish Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga murojaat qildik. Avval vazirlik, keyin viloyat, undan so‘ng esa tuman bo‘limiga qilgan murojaatlarimiz javobsiz qoldi.
Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirib, aniqlangan kamchiliklarni keltirib chiqargan mas’ul xodimlarga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanilishini ma’lum qildi.
“Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi nazoratiga olingan bo‘lib, unga qonuniy baho berish maqsadida Qashqadaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi tomonida o‘rnatilgan tartib asosida o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ularni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘qituvchilarni o‘t-o‘lan yulishga majburlagan maktab direktori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima jazosiga tortilgan edi.
LiveBarchasi