Qashqadaryoda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga gumonlandi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek O‘zbekistonda o‘qituvchilar ommaviy ravishda koronavirus testini topshirmoqda. Qashqadaryoda o‘tkazilgan testlar natijalariga ko‘ra 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga gumon qilingan. Bu haqda viloyat SEOM xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasining keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda kasallikdan gumonlanuvchilar va aholining murojaatlari asosida COVID-19 virusiga laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar viloyat Sanitariya-epidemologik osoyishtalik markazining maxsus laboratoriyasida 201 319 nafar fuqarodan olingan tahlil natijalari ko‘rib chiqilgan. Natijada bugun, 15 sentyabr 10:00 holatida viloyatda jami 1 034 holatda COVID-19 bilan kasallanish kayd etildi. 

Ayni paytda esa virusni yuqtirib olgan 958 nafar bemor davolanib, sog‘ayganlarning umumiy ko‘rsatgichi 93 foizni tashkil qilmoqda. 

Xabarda ta’kidlanicha, umumta’lim maktablarida 2020-2021 o‘quv yilini karantin qoidalari va talablari asosida tashkil etish maqsadida viloyatdagi barcha pedagog xodimlar koronavirusga tekshirilmoqda. Viloyatda 1 151 ta umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib, ularda 55 562 nafar o‘qituvchi va boshqa xodimlari faoliyat ko‘rsatib keladi.   Shu kunga qadar Qashqadaryo viloyat SEOM va uning shahar va tuman markazlari orqali 32 892 nafar pedagog xodimlardan virus tahlillari olib o‘rganilgan. 

Laboratoriya tekshiruvidan o‘tgan 855 nafar xodim virus yuqtirganlikda gumonlanib, dastlabki xulosalar berilgan. 

"Ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligini alohida ta’kidlash zarur. Shunday bo‘lsa-da, ular zaruriy dori darmon, tibbiy vositalar bilan ta’minlanib, shifokorlar tomonidan kuzatuvga olindi. Navbatdagi bosqichda esa virusni yuqtirganlikda gumonlangan pedagog xodimlar yana bir bor tekshiruvdan o‘tadi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etib boriladi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatining Payariq va Jomboy tumanlarida 100 nafar, Jizzax shahrida 52 nafar va Buxoro viloyatida 239 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

o'qituvchi Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing