Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçi qizini sinfdoşlari oldida kaltakladi (video)
3-sahifa
−
10:19 1986 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi maktabda öqituvçi 8-sinf öquvçi qizini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aks etgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan örganiş işlari olib borilmoqda. Bu haqda viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabar berdi.
Aniqlanişiça, voqea joriy yilning 23 oktyabr kuni Jomboy tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabining 8-“G” sinfida fizika darsi vaqtida sodir bölgan.
Bildirilişiça, hozirda mazkur holat viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasining işçi guruhi hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari hamkorligida örganilmoqda.
Qayd etilişiça, örganiş natijalari böyiça qöşimça va batafsil ma’lumot beriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Ohangaron tumanidagi 15-maktabda matematika öqituvçisi öquvçiga nisbatan jismoniy kuç işlatgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr