O‘quvchi qizga shahvoniy shilqimlik qilgan o‘qituvchi ishdan olindi
3-sahifa
−
18:51 1648 1 daqiqa
Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida texnikum ustasi 16 yoshli o‘quvchi qizga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.Endilikda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Kasbiy ta’lim agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat aniqlanishi bilan agentlik tomonidan zudlik bilan tegishli choralar ko‘rilib, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-son texnikumda xizmat o‘rganishi tashkil etilgan. O‘rganish natijasida o‘quvchiga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etgan texnikumning ishlab chiqarish ta’limi ustasi K.E.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bir tomonlama bekor qilingan.
“Kasbiy ta’lim agentligi o‘quvchilarning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy daxlsizligiga tajovuz qiluvchi har qanday xatti-harakatni qat’iy qoralaydi”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, kasbiy ta’lim tashkilotlarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhitni ta’minlash, noxush holatlarning oldini olish va kelgusida takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tizimli nazorat hamda profilaktika mexanizmlari ishlab chiqilishi ma’lum qilingan.
Agentlik o‘quvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda har bir holatga qat’iy va xolisona munosabat bildirish bo‘yicha mas’ul rahbar va xodimlarning javobgarligi kuchaytirilishini ham bildirgan.
Live
Barchasi