Isroilga hujum oqibatida 600 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Olam

image

HAMAS harakatining G‘azo sektoridan uyushtirgan hujumidan so‘ng halok bo‘lgan isroilliklar soni 600 dan oshdi, 2000 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda Kan davlat teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, bu raqamlar yakuniy emas, o‘lganlar va yaradorlar soni ko‘payishda davom etadi.

Yo‘qolgan va o‘g‘irlab ketilgani taxmin qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga aniqlik kiritilmoqda.

Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan, Isroil Bosh vaziri sodir bo‘layotgan voqealarni urush deb atab, zahiradagilarni safarbar etilishini e’lon qilgan.

Bundan tashqari, Isroil Mudofaa kuchlarining 26 nafar askari, jumladan polkovnik, podpolkovnik va mayor halok bo‘ldi. 400 ga yaqin HAMAS jangchisi yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing