Isroil iyulning ikkinchi yarmida Livan janubida operatsiya boshlashi mumkin – “Bild” 

Olam

image

Isroil iyul oyining ikkinchi yarmida Livan janubida “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshlashi mumkin. Bu haqda diplomatik doiralardagi manbalariga tayanib, “Bild” gazetasi xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil iyul oyining uchinchi yoki to‘rtinchi haftasida quruqlikdagi operatsiyalarni boshlaydi. Nashrning eslatishicha, avvalroq bir necha davlat o‘z fuqarolarini Livanni zudlik bilan tark etishga chaqirgan. Xususan, Germaniya tashqi ishlar vazirligi vaziyatning yanada keskinlashishi va mojaroning kengayishini istisno etib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Iyun oyi o‘rtalarida Isroil armiyasi Livanga hujum qilish uchun operativ rejani tasdiqladi. G‘azo sektorida HAMAS harakatiga qarshi operatsiyadan so‘ng rasmiylar bir vaqtning o‘zida HAMAS singari Isroilga qarshi harakat qiladigan, yahudiy davlati hududini shimoldan o‘qqa tutadigan “Hizbulloh” harakatiga ham zarba berishni kutmoqda.

Ma’lumot uchun, “Hizbulloh” va Isroil armiyasi o‘rtasidagi so‘nggi mojaro 2006 yilning yozida Livan janubida sodir bo‘lgan edi. BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-sonli rezolyutsiyasi chegarada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatdi, uni 36 davlatdan 12 ming tinchlikparvar kuchlari kuzatib boradi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston va Iordaniya fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirgandi. AQSH Qurolli kuchlari o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish maqsadida Livan chegaralariga yaqin kelayotgani aytildi.  Arab davlatlari ligasi esa “Hizbulloh”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing