Islom Maxachev UFC'ning eng kuchli jangchilari qatoriga kirdi
Sport
−
25 Oktabr 2022
6792Avstraliyalik Aleksandr Volkanovski UFC'ning vazn toifasidan (pound for pound) qat’i nazar eng kuchli jangchisi maqomini saqlab turibdi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi Zelandiya vakili Israel Adesanya esa ikkinchi pog‘onaga joylashgan. Charlz Oliveyrani mag‘lub etib, UFC chempioniga aylangan Islom Maxachev esa kuchli uchlikka yakun yasab bergan.
Qayd etish kerakki, dog‘istonlik jangchi UFC'ning vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilari qatoriga ilk bor kiritildi.
UFC’ning vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli 15 nafar jangchisi bilan tanishing:
1. Aleksandr Volkanovski
2. Israel Adesanya
3.Islom Maxachev
4. Kamaru Usman
5. Leon Edvards
6. Frensis Ngannu
7. Charlz Oliveyra
8. Aljameyn Sterling
9. Irji Proxazka
10. Deyveson Figeredo
11. Dastin Pore
12. Jon Jons
13. Maks Xollouey
14. Brendon Moreno
15. Robert Uittaker.
Avvalroq, Maxachevning navbatdagi raqibi Aleksandr Volkanovski bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Agarda, Islom Volkanovski bilan jangda g‘alaba qozonsa, UFC'ning eng kuchli jangchisiga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev joriy yilning 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan UFC 280 turnirida Charlz Oliveyrani mag‘lub etib, yengil vazn toifasining yangi chempioniga aylangandi.
LiveBarchasi