Pore faoliyatidagi so‘nggi jangini Xolloueyga qarshi o‘tkazadi
Sport
−
26 aprel
1652Yengil vazn toifasida sobiq Interim UFC kamari sohibi amerikalik Dastin Pore promoushendagi so‘nggi jangini BMF kamari egasi Maks Xolloueyga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu to‘qnashuv joriy yilning 20 iyulida AQSHda tashkil etiladigan UFC 318 turnirida BMF kamari uchun o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida, Dastin Pore va Maks Xollouey bunga qadar ikki marta to‘qnash kelgan. 2012 yilda o‘tkazilgan ilk jangda Dastin Pore og‘ritish uslubi orqali g‘alaba qozondi. 2019 yilda bo‘lib o‘tgan ikkinchi to‘qnashuvda Pore ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
LiveBarchasi