Maxaçev UFC’ning örta vazn toifasiga ötişi mumkinligini aytdi
Sport
−
13:11 297 1 daqiqa
UFC’ning yarim örta vazn toifasidagi amaldagi çempioni Islom Maxaçev örta vazn toifasiga kötarilişi mumkinligini tan oldi. Biroq u bunday qarorni amalga oşiriş oson bölmasligini ta’kidladi. Bu haqda Mahaçev Toşkentda bölib ötadigan sambo böyiça Jahon çempionati oldidan jurnalistlar bilan muloqotda gapirdi.
“Örta vaznga ötişmi? Buning uçun Özbekistonda bir oy qolib, har kuni palov yeyişim kerak böladi. Bu qiyin, bilmadim. Jamoa içida bu haqda ayrim suhbatlar böldi. Yaxşilab ötirib, öylab körişim kerak. Çunki muşak massasini oşiriş oson bölmayapti”, deydi Mahaçev.
Ma’lumot uçun, UFC’ning örta vazn toifasidagi amaldagi çempioni amerikalik Şon Striklend hisoblanadi.
Ma’lumot uçun, 35 yoşli Islom Mahaçev MMA faoliyati davomida 29 ta ğalaba va bitta mağlubiyat qayd etgan. U jangovor sambo böyiça jahon çempioni ham hisoblanadi. Sambo böyiça 50-jahon çempionati joriy yilning 6-8 noyabr kunlari Toşkent şahrida bölib ötadi. Mahaçev musobaqaning faxriy mehmonlari qatorida iştirok etadi.
Live
Barchasi