Tramp yubileyida Oq uyda jang uyushtiradi

Sport

image

AQSH Prezidentining qarorgohi bo‘lmish Oq uyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan UFC kechasining o‘tkazilish sanasi ma’lum qilindi. Bu haqda ryecha, 5 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH harbiy-dengiz kuchlari sharafiga o‘tkazilgan paradda so‘z ochdi.

“Kelasi yilning 14 iyun kuni Oq uy hududida UFC’ning yirik jangi bo‘lib o‘tadi”, degan Tramp.

Qayd etish joiz, aynan shu kuni Tramp 80 yoshini nishonlaydi. Ushbu jang kechasida irlandiyalik Konor Makgregor, amerikalik Jon Jons, gruziyalik Merab Dvalishvili, ispaniya-gruziyalik Iliya Topuriya, chechenistonlik Hamzat Chimayev va boshqa ko‘plab UFC jangchilari ishtirok etadi.

Turnirni shaxsan UFC prezidenti Dana Uayt tashkil etmoqda. Uning aytishicha, hozirda liga xodimlari logistika masalalari ustida ishlamoqda, ishtirokchilar ro‘yxati esa 2026 yil fevral oyidan boshlab tuzila boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Konor Makgregor mazkur jang kechasi yuzasidan UFC bilan emas, balki AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp UFC Konor Makgregor Dana Uayt Oq uy Jon Jons Hamzat Chimaev Iliya Topuriya Merab Dvalishvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing