Maxachevning eng qiyin raqibi Pore – Xaver Mendes
Sport
−
16 yanvar
1210Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachevning ustozi Xaver Mendes shogirdining faoliyatidagi eng qiyin raqibni aytdi.
“Dastin Islomning faoliyatidagi eng katta qiyinchilik edi. Men Poreni umrim davomida hech qachon bunday formada ko‘rmaganman. U aql bovar qilmaydigan raqib edi. Armanni esa bilmayman. Oldinda revansh jangi bor. Lekin hozircha Maxachevni qiyin ahvolga sola olgan yagona jangchi Dastin Pore”, deydi Mendes.
Ma’lumot o‘rnida, Maxachev va Pore 2024 yilning 2 iyunida UFC 302 turniri markaziy jangida to‘qnash kelgan va o‘shanda Islom 5-raundda Dastinni bo‘g‘ish uslubi orqali mag‘lub etgandi.
Eslatib o‘tamiz, dog‘istonlik chempion navbatdagi jangini armanistonlik Arman Sarukyanga qarshi o‘tkazadi. To‘qnashuv 19 yanvar kuni UFC 311 turniri markaziy jangi doirasida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar