Ilhom Aliyev Qorabog‘da tinchlik o‘rnatishning yagona shartini aytdi

Olam

image

Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar Armaniston mojaroli hududdan o‘z kuchlarini olib chiqib ketgach, to‘xtashi mumkin. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev yarador harbiylar bilan uchrashuvda shunday shartni o‘rtaga tashladi.

“Bizda bitta shart bor – Armaniston Qurolli kuchlarini bosib olingan hududlardan olib chiqib ketishi kerak. Agar Armaniston Hukumati bu shartni bajarsa. Janglar to‘xtaydi, tinchlik o‘rnatiladi”, degan u Baku shahridagi Markaziy klinik shifoxonada yarador harbiylar bilan uchrashuv vaqtida.

Aliyev Armaniston xalqi tinchlikda yashashni istasa, mamlakat rahbariyatini javobgarlikka tortishi kerak deb hisoblayapti.

“Arman xalqi mening so‘zlarimni to‘g‘ri tushunishiga va qabul qilishiga ishonaman. Ozarbayjon – ko‘p millatli mamlakat, bu yerda ko‘plab xalqlar tinchlik va farovonlikda yashaydi. Minglab armanlar Ozarbayjon hududida yashaydi, ularga hech kim yomon so‘z demaydi, ular bizning fuqarolarimiz”, deya ta’kidlagan Aliyev.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Qorabog‘dagi shiddatl janglar sabab Baku qurbnlar beryapti. Shuningdek, u xalqaro huquq Ozarbayjon tarafda ekanini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ilhom Aliyev yarador harbiylarni ko‘rishga mamlakat birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan birga borgan. Prezident shifoxonada Qorabog‘ tarixan Ozarbayjonning hududi ekanini ta’kidlagan. 

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

408

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing