“Şunça bölurmi hay-hay”. Aliyev Erdöğanning aşaddiy muxolifatçisi bilan qönğiroqlaşdi
Olam
−
13:45 2362 4 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Qoraboğga taşrifini yakunlagaç, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Erdöğanga muxolif bölgan siyosatçi – “Yangi partiya” raisi Özgur Özel bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berildi.
Gap şundaki, sönggi vaqtlarda Turkiya va Ozarbayjon örtasida keskinlaşgan va inqiroz yoqasiga kelgani taxmin qilinayotgan munosabatlar fonida 8 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan rafiqasi hamrohligida Ozarbayjonga bordi. Şu kuni mamlakatda ikkinçi Qoraboğ uruşida erişilgan Ğalabaning 6 yilligi nişonlandi. Erdöğan va Aliyev oilalari qator rasmiy tadbirlar, xotira marosimlari va tantanalarda iştirok etdi. Ikki mamlakat rahbarlari matbuot uçun bayonot berib, Turkiya va Ozarbayjon munosabatlari hamişa yaxşi bölgani va bundan keyin ham şunday davom etişini bildirdi.
Erdöğan Ozarbayjonni tark etgaç, Turkiyada amaldagi Hukumatning aşaddiy muxolifi bölgan “Yangi partiya” raisi Özgur Özel Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga qönğiroq qilgan. Telefon muloqotidan maqsad Aliyevni Qoraboğda erişilgan ğalabaga 6 yil tölişi munosabati bilan tabriklaş ekani aytilmoqda.
“Telefon orqali muloqot çoğida Ozarbayjon-Turkiya davlatlari va xalqlari örtasidagi döstlik, qardoşlik munosabatlari buzilmas ekani yana bir bor ta’kidlandi”, deyiladi Ozarbayjon Prezidentining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Ozarbayjonlik siyoçsatçi Elxon Şohinöğli Özgur Özelning Aliyev bilan telefon suhbatini baholarkan, bu muloqot Erdöğanning manfaatlariga ham mos ekanini aytdi.
“Özgur Özelning Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqoti munosabatlardagi sönggi inqiroz bilan boğliq, deb öylamayman. Özgur Özel 2024 yil 8 noyabr kuni ham Ilhom Aliyevga qönğiroq qilib, davlat rahbarini Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi tiklangani, şuningdek, 44 kunlik Vatan uruşidagi ğalabaning tört yilligi bilan tabriklagandi. Özgur Özel ikki yil oldingi telefon suhbatida Otaturkning “Ozarbayjonning qayğusi – bizning qayğumiz, uning quvonçi – bizning quvonçimiz” degan sözlarini eslatib ötdi”, deydi siyosatçi.
Elxon Şohinöğliga köra, hozirda Özel rahbarlik qilayotgan “Yangi partiya” turk jamiyatida katta qöllab-quvvatlovga ega. Ikki yildan söng Turkiyada prezidentlik saylovlari bölib ötadi. “Yangi partiya”ni qöllab-quvvatlaydigan nomzodning davlat rahbari etib saylaniş ehtimoli esa kam emas.
“Şu nuqtai nazardan, uşbu partiya bilan muloqot Ozarbayjon-Turkiya ittifoqini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Yaqin kelajakda Rajab Toyib Erdöğanning ittifoqçisi, “Millatçi harakat partiyasi” rahbari Davlat Boğçali Ozarbayjonga taşrif buyurişi mumkin. Turkiya “Millatçi harakat partiyasi”, siyosatçilari va ekspertlari Ozarbayjon bilan munosabatlarga qaratayotgan ahamiyat ikki davlat örtasida yuzaga kelayotgan inqirozlarni bartaraf etişda alohida rol öynaydi”, deya qöşimça qildi u.
Ma’lumot uçun, Özgur Özel – Erdöğanga boş siyosiy raqib va muxolifat yetakçisidir. Erdöğan "Adolat va taraqqiyot partiyasi" rahbari sifatida hokimiyatda turgan bölsa, Özgur Özel uning içki va taşqi siyosatini, iqtisodiy qarorlarini faol tanqid qiluvçi asosiy muxolif kuçning rahbaridir.
Inqiroz va araz
Joriy yilning oktyabr oyida Ozarbayjondagi maktablarda römol bilan boğliq mojarolar çiqdi. Römolli öquvçi-qizlarning maktab, universitetlarga kiritilmayotgani, öqituvçilarning işdan çetlaştirilişi ijtimoiy tarmoqlarda katta bahslarga sabab böldi. Uşbu voqealar ortidan turkiyalik bir qator siyosatçilar, jamoatçilik vakillari, jurnalistlar Ozarbayjon rahbariyatiga nisbatan keskin bayonotlar bilan çiqdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham öz nutqida Qoraboğ uruşida Ozarbayjonning yonida turib, unga yordam bermaganlarning Bakuning içki işlariga aralaşişga haqqi yöqligini aytdi. Aliyev öz sözida muayyan bir davlat nomini tilga olmagan bölsa-da, köpçilik bu gaplar Turkiya atalganini taxmin qildi. Kun sayin avj olgan inqirozli vaziyat fonida Ozarbayjon turkiyalik 31 kişini mamlakatda istalmagan şaxslar röyxatiga kiritdi, Aliyev 29-30 oktyabr kuni Anqarada ötadigan Turkiy davlatlar taşkilotining navbatdagi sammitida iştirok etişdan boş tortdi. Erdöğanning özi qönğiroq qilsa-da, u sammitga kelmadi, örniga Taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramovni yubordi.
Turkiya Prezidenti Erdöğanning maslahatçisi Oqtoy Saral ham Ozarbayjonning maktab formasi siyosatini tanqid qilganidan keyin lavozimidan çetlatildi. Bu qaror Anqara Baku bilan munosabatlarni keskinlaştirişdan köra, ularni yumşatişga intilayotganini körsatdi. Buni ham kam deb bilgan Erdöğan, 8 noyabr kuni rafiqasi bilan Qoraboğga bordi.
Live
Barchasi