Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” oromgohi sotilmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

“Sijjak” va “Chotqol” dam olish maskanlari xususiylashtiriladigan ob’ektlar ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14 iyundagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir” qarori bilan xususiylashtirish rejalashtirilayotgan ob’ektlar ro‘yxatiga kiritilgan o‘zgartirishlarda keltirilgan. 

O‘zgartirishlarga ko‘ra, “Sijjak” va “Chotqol” dam olish maskanlari 2021 yildan buyon xususiylashtirishga harakat qilinayotgan ob’ektlar ro‘yxatidan chiqarildi. 

“Sijjak” dam olish maskani 2022 yil oktyabr oyida sotuvga qo‘yilgandi. Maskan bundan oldin ham ikki marta: 2020 yil iyun, 2021 yil aprel va 2022 yil aprelda sotuvga qo‘yilgandi. Bino 7 milliardga baholangandi.

Ma’lumot uchun, “Sijjak” dam olish oromgohi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan. Oromgohda mehmonxona, bir nechta hovuz, amfiteatr, kottej va boshqa inshootlar mavjud. Ushbu oromgohga 2017 yil 10 fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan sanksiya qo‘yilgan.

Keyinroq oromgoh O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga mashg‘ulot bazasi sifatida foydalanish uchun berilishi rejalashtirilgandi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Gulnora Karimova Sijjak Chotqol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing