Gruziya AQSH bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi kerak – Bosh vazir

Olam

image
Xavfsizlik va inson huquqlari o‘rtasidagi tanlov. Gruziyada hukumat nimani xohlayapti? Xalq-chi? north_east

Xavfsizlik va inson huquqlari o‘rtasidagi tanlov. Gruziyada hukumat nimani xohlayapti? Xalq-chi?

Gruziya-Amerika munosabatlari avvalgi yillarda ko‘p zarar ko‘rganidan keyin qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Bu haqda bugun, 31 may kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi.

“Nega 2020-2021 yillarda, keyin esa 2022 yilda inqilobga ikki marta urinish bo‘lganini bilmayman. Bu urinishlar nima uchun qilinganini bilmayman, lekin haqiqat shundaki, [AQSHning Tbilisidagi] avvalgi elchisi  o‘sha yillarda ko‘p narsalarni buzdi, ko‘p narsa buzildi va buni tuzatish kerak. Bunga Amerika tomonidan moliyalashtirilgan, inqilobiy sahnada turib, hukumatni iste’foga chiqarishga va ular ishtirokida hukumat tuzishga chaqirgan nodavlat tashkilotlar kiradi. Shuning uchun Gruziya-Amerika munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish kerak”, degan Kobaxidze.

Qayd etish joizki, oldinroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashington “Xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun bilan bog‘liq holda Gruziya rasmiylariga viza cheklovlarini joriy etish bo‘yicha yangi siyosatga o‘tayotganini e’lon qilgandi.

“Xorijiy ta’sirning ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqish joriy yilning aprel oyida boshlangan. O‘shandan beri Gruziyada keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bir necha marta ular xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvga aylangan.  Qonunga AQSH, Yevropa Ittifoqi, BMT, NATO, YeXHT va Yevropa Kengashi qarshi chiqmoqda. Yevropa yetakchilari bu qonun Yevropa qadriyatlariga zid ekanini aytadi. Gruziyaning hukmron partiyasi yetakchilarining ta’kidlashicha, u faqat nodavlat sektor va ommaviy axborot vositalarining xorijdan moliyalashtirilishi shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili “xorijiy agentlar” haqidagi qonunga veto qo‘ydi, lekin parlament vetoni bekor qildi. Qonun yana Prezidentga imzolash uchun yuboriladi, agar davlat rahbari uni besh kun ichida imzolamasa, qonun parlament spikeri Shalva Papuashvili tomonidan imzolanadi va e’lon qilinadi. Shundan so‘ng u ayrim moddalarning istisnosi bilan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakat Prezidenti Salome Zurabishvilini davlatga xiyonatda ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Gruziya Irakliy Kobaxidze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing