Pentagon gipertovushli raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tganini tasdiqladi

Olam

image

AQSH harbiylari Floridadagi Kosmik kuchlar bazasida gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Raketa uchirilishi Kanaveral burnidan amalga oshirilgan, sinov aynan qachon amalga oshirilgani borasida esa aniq ma’lumotlar ko‘rsatilmagan. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, bu joriy yildagi ikkinchi muvaffaqiyatli raketa sinovi bo‘ldi. Yadroviy bo‘lmagan gipertovushli raketaning kompleks parvoz sinovlari quruqlikdagi qo‘shinlar va dengiz floti harbiy xizmatchilari ishtirokida o‘tkazilgan. Strategiya va texnologiyalarni tahlil qilish markazi Qo‘shma Shtatlar o‘rta masofaga mo‘ljallangan Long Range Hypersonic Weapon gipertovushli raketa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani haqida xabar berdi. 

AQSH Harbiy-dengiz kuchlari kotibi Karlos Del Toro buni mamlakatning ilg‘or qurollarini rivojlantirishdagi “muhim bosqich” deb atadi. 

Pentagon rasmiylari AQSH gipertovushli qurollar ishlab chiqarishda Rossiya va Xitoydan ortda qolganini bir necha bor tan olgan. 16 iyul kuni Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder Qo‘shma Shtatlar bunday qurollarni yaratish va sinovdan o‘tkazishni tezlashtirishini aytgandi. So‘ngra u dengiz floti va armiyasi yaqinda Tinch okeani ustidagi gipertovushli raketa sinovlarini yakunlanganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Kongressga AQSHning yadro qurolidan foydalanishning yangilangan strategiyasi to‘g‘risida hisobotni taqdim etgandi. Hisobotda AQSH tinchlik davrida ham, inqiroz va mojaro sharoitida ham raqiblarini bir vaqtning o‘zida ushlab turishi kerakligi ta’kidlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh gipertovushli raketa Karlos Del' Toro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing