“Men hech qayerga ketmayman”. Gruziya Prezidenti lavozimini tark etishdan bosh tortdi

Olam

image

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili 29 dekabrda vakolat muddati tugagach, prezidentlik saroyini tark etish niyati yo‘qligini aytdi. Bu haqda u kecha, 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Men hech qayerga ketmayman. Men hech kimni tashlab ketmayman. Odamlar mendan doim bu haqda so‘rashadi. Men shu yerda qolaman", dedi Zurabishvili.

Davlat rahbari bo‘lajak prezidentlik saylovlari qonuniy emasligini, mamlakatda yangi parlament saylovlari belgilanmaguncha iste’foga chiqmasligini aytdi. Zurabishviliga ko‘ra, bugun Gruziyada faqat u qonuniy hokimiyatga ega.

“Men shu yerda qolaman, chunki shunday keskin davrda mamlakatga qonuniy institutlar va xalq tomonidan chinakam saylangan vakillar kerak”, deb yozdi Salome Zurabishvili ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Gruziyada bilvosita prezidentlik saylovlari 14 dekabr kuniga belgilangan. Ularda faqat bitta nomzod – sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili ishtirok etadi. U 300 kishidan iborat saylovchilar kollegiyasi tomonidan saylanishi kerak: 150 parlament a’zosi va mamlakat hududlaridan 150 delegat. Kengashdagi aksariyat o‘rinlar hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi vakillariga tegishli.

“Bu prezidentlik saylovlarini tahqirlash va sharmandalik. Ushbu hodisa har qanday qonuniylikdan mahrum bo‘ladi”, dedi Gruziyaning amaldagi Prezidenti Zurabishvili bo‘lajak ovoz berish haqida fikr bildirib.

12 dekabr kuni Gruziyadagi muxolifat kuchlari birlashmasi bo‘lmish “O‘zgarish uchun koalitsiya” o‘zining X akkauntida bayonot e’lon qildi va unda mamlakat Prezidenti Salome Zurabishvilini “yagona qonuniy davlat instituti” deb atadi. 

“Biz Ivanishvili tomonidan qo‘lga kiritilgan parlament tomonidan 14 dekabrga belgilangan, na xalqaro, na ichki siyosiy qonuniylikka ega bo‘lgan prezidentlik saylovlarini tan olmaymiz”, deyiladi bayonotda.

Xuddi shu nashrda muxolifatchilar Gruziyada yangi saylovlar – “erkin va adolatli” o‘tkazilishini talab qildi. Ular bu qarorni mamlakatdagi mavjud siyosiy inqirozdan chiqishning yagona yo‘li deb atadi.

Gruziyaning yangi prezidenti uchun saylovlar bugun, 14 dekabrga, inauguratsiya marosimi esa 29 dekabrga belgilangan. Zurabishvili ham muxolifat kabi 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini tan olmaydi. Ular yangi davlat rahbarini saylashi kerak bo‘lgan yangi parlamentni noqonuniy deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Salome Zurabishvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing