Gruziyada muxolifat yangi norozilik namoyişlarini boşladi

Olam

−

image

Gruziya muxolifati mamlakatda yangi norozilik namoyişlari tölqini boşlanganini e’lon qildi. Joriy yilning 28 noyabr kuni yirik aksiya ötkaziş rejalaştirilmoqda. Bu haqda DW xabar berdi.

Keça, 25 oktyabr kuni Tbilisida hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi siyosatiga qarşi namoyiş bölib ötgan. “Ivanişvilisiz Gruziya” şiori ostida taşkil etilgan yuriş muxolifat va fuqarolik jamiyati vakillari tomonidan ötkazilgan.

Namoyiş iştirokçilari Tbilisi davlat universitetidan Rustaveli prospekti tomon yuriş qilgan. Ma’lumotlarga köra, aksiyada minglab odam qatnaşgan. Ular Gruziya, Ukraina va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini kötarib çiqqan.

Şuningdek, namoyiş joyida köplab huquq-tartibot idoralari xodimlari bölgani xabar qilingan.

“Özgarişlar koalitsiyasi” yetakçisi Nika Gvaramiya namoyişni yangi norozilik tölqinining boşlanişi deb atagan. Uning ta’kidlaşiça, 28 noyabr kuni imkon qadar köproq odam qatnaşadigan yirik aksiya ötkaziş muhim.

“Yevropa Gruziyasi” partiyasi yetakçisi Gigi Sereteli ham mamlakatdagi demokratik jarayonlar va siyosiy hayot çeklanayotganini bildirgan. Uning sözlariga köra, muxolif partiyalarni taqiqlaşga qaratilgan jarayonlar va siyosiy mahbuslar masalasi Gruziya uçun jiddiy muammolardan biri bölib qolmoqda.

Gruziyada ommaviy norozilik namoyişlari 2024 yilning bahorida “xorijiy agentlar” töğrisidagi qonun loyihasi sabab boşlangan. Namoyişlar öşa yilgi parlament saylovlarida “Gruziya orzusi” partiyasi ğalaba qozonganidan keyin ham davom etgan. 2024 yil noyabrida esa hukumatning Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş böyiça muzokaralarni 2028 yilgaça keçiktiriş qarori ortidan norozilik yanada kuçaygan.

Avvalgi namoyişlar vaqtida namoyişçilar va politsiya örtasida töqnaşuvlar yuz bergan, huquq-tartibot idoralari közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlardan foydalangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Serbiya poytaxti Belgradda muddatidan oldingi parlament saylovlari arafasida Prezident Aleksandr Vuçiç hokimiyatiga qarşi 150 mingga yaqin kişi namoyişga çiqqani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing